Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tojikistonda fuqarolar sog‘ligini avaylash uchun internet narxi ikki baravar oshirildi

Tojikistonda fuqarolar sog‘ligini avaylash uchun internet narxi ikki baravar oshirildi

Foto: «RIA Novosti»

Tojikiston hukumati internet va mobil aloqa narxini ikki baravar oshirdi. Mamlakat aloqa xizmati raisi Ilhom Atoyevning ta’kidlashicha, hukumat fuqarolarning sog‘ligini o‘ylab shunday qarorga kelgan.

«Internet narhi oshgandan so‘ng odamlar undan aql bilan foydalana boshlaydilar. Kamroq o‘yin o‘ynashadi va ko‘zni ehtiyot qilib, sog‘likni o‘ylaydilar. Yoshlarga e’tibor bering, ular boshini eggancha, har doim internetda o‘tirishadi», deydi Atoyev.

Shu bilan birga mutasaddi internet narhi oshgandan so‘ng odamlar ko‘proq kitob o‘qib, bir-biri bilan muloqot qilishiga umid bildirgan.

Tojikistonda mobil aloqa va internet uchun yangi tarif kecha, 18 apreldan amalga kirgan. Narxlar deyarli ikki baravar oshgan. Agar ilgari bir gigabayt uchun tojikistonliklar 30-35 somoni (3,5 dollar) to‘lagan bo‘lsa, hozir 63 somoniga (6,7 dollar) ko‘tarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring