Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tokio Yapon dengizini qayta nomlash bo‘yicha muzokaraga rozi

Tokio Yapon dengizini qayta nomlash bo‘yicha muzokaraga rozi

Bugun, 19-yanvar kuni Tokio Yapon dengizini qayta nomlash bo‘yicha Janubiy Koreya va KXDR bilan muzokara o‘tkazishga rozilik bergani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Xalqaro gidrografiya tashkiloti Yaponiyaga bu og‘riqli masalada Seul va Pxenyan bilan bir to‘xtamga kelib olish to‘g‘risida murojaat qilganidan so‘ng ushbu qaror qabul qilingan.

Muzokaralar shu yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Uning natijalarini esa tomonlar Xalqaro gidrografiya tashkilotiga 2020-yilda ma’lum qilishlari shart, deb yozmoqda «Sankei Shimbun» gazetasi.

Ma’lumot uchun

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya 1990-yillar boshlaridan beri Yapon dengizini «Sharqiy dengiz» deb qayta nomlash talabini ilgari surishmoqda. Ushbu davlatlarning nazarida hozirgi nom (Yapon dengizi) jahon hamjamiyati ongiga «Kunchiqar yurt» tomonidan singdirilgan bo‘lib, uning mustamlakachilik siyosati mahsulidir. Biroq Yaponiya bu nom  XIX-asrda yevropalik kartograflar tashabbusi bilan qabul qilinganini ta’kidlab keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring