Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQShning 2019-yilgi mudofaa budjetini imzoladi

Tramp AQShning 2019-yilgi mudofaa budjetini imzoladi

Foto: «Korrespondent.net»

Donald Tramp o‘z mamlakatining 2019-yilgi 716 mlrd. dollarlik mudofaa budjetini tasdiqladi. «RIA Novosti» xabar berishicha, yangi budjet qiymati 2018-yilgisidan uch foizga yoki 20 mlrd dollarga yuqoridir.

Loyiha kongressning har ikki palatasi tomonidan tasdiqlangan.

Hujjatda deyarli barcha turdagi harbiy qismlarni, jumladan strategik kuchlarni zamonaviylashtirishga katta e’tibor qaratilgan.

Harbiylar umumiy soni 15,6 ming kishiga ko‘paytiriladi. AQSh mudofaasi shaxsiy tarkibi quyidagicha taqsimotga ega: quruqlik qo‘shinlarida — 487,5 ming, harbiy-dengiz kuchlarida — 335,4 ming, dengiz piyodalari korpusida — 186,1 ming, harbiy-havo kuchlarida — 329,1 ming kishi xizmat qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring