Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Assanj haqida: «Mening mavzuim emas»

Tramp Assanj haqida: «Mening mavzuim emas»

Foto «Kp.ru»

Julian Assanjning hibsga olinishiga munosabatingiz qanday degan savolga AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga xos javob qildi. Amerika liderining aytishicha, u «WikiLeaks» hamda uning axborotchilari to‘g‘risida hech nima bilmaydi.

— «WikiLeaks» haqida hech narsa bilmayman. Mening mavzuim emas, — dedi Tramp payshanba, 11-aprel kuni o‘tkazilgan brifingda.

Assanjga qo‘yilayotgan ayblovlarga fikringiz qanday degan savolga esa AQSh prezidenti «Menda hech qanday fikr yo‘q» dedi.

Tramp bu voqealar jarayoniga umuman aralashmasligini, hamma ish bosh prokuror Barrning qo‘lidan o‘tishini qo‘shimcha qildi.

Ma’lumot uchun: Julian Assanj yetti yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida siyosiy qochoq sifatida yashab kelayotgandi. Unga Davlat departamenti maxfiy hujjatlarini oshkor qilgani uchun AQShga ekstraditsiya qilinish hamda 35 yilgacha qamoq yoki o‘lim jazosi xavf solayotgandi. Ekvador hukumati 11-aprel kuni Assanjga siyosiy boshpana berishdan bosh tortgandan so‘ng «WikiLeaks» asoschisi hibsga olingan.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring