Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp dizel yoqilg‘isi narxining keskin pasayishi haqida gapirdi

Tramp dizel yoqilg‘isi narxining keskin pasayishi haqida gapirdi

Foto: EDaily

AQSh prezidenti Donald Tramp dizel yoqilg‘isi narxining keskin pasayishi va Eron bilan qarama-qarshilikka tezda chek qo‘yilishini ta’kidladi.

Amerika yetakchisi bu bayonotni Kolumb kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda so‘zlagan nutqida aytdi.

«Menimcha, bizda dizel yoqilg‘isi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha muhim yangiliklar bor. Biz nima qilganimizni eslaysizmi? Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga to‘sqinlik qildik. Narxlar keskin pasayadi va bularning barchasi tez orada tugaydi — u yoki bu tarzda», dedi u.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bunga ikki yo‘l bilan erishish mumkin.

«Bu juda oddiy. U yoki bu tarzda, bu juda tez orada tugaydi», deb ta’kidladi Tramp.

Amerika yetakchisi shuningdek, Eron endi armiya, dengiz floti, havo kuchlari yoki havo mudofaasi imkoniyatlariga ega emasligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring