Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eronga beriladigan zarbani so‘nggi daqiqalarda to‘xtatganini tan oldi

Tramp Eronga beriladigan zarbani so‘nggi daqiqalarda to‘xtatganini tan oldi

Foto: «Google.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga beriladigan zarbani 10 daqiqa qolganda to‘xtatib qolganini tan oldi. Bu haqda u Tvitterdagi sahifasida yozib qoldirgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra Amerika harbiylari Erondagi uchta ob’yektga zarba berishga tayyor bo‘lgan. Ammo AQSh prezidenti generallaridan biri bilan bo‘lgan suhbatda zarba natijasida 150 kishi halok bo‘lishi kutilayotganini eshitgandan so‘ng to‘xtash buyrug‘ini berganini bildirgan.

«Men shoshilmayman. Armiyamiz qayta qurollangan va jangga shay bo‘lib turibdi — bu armiya hozircha dunyodagi eng yaxshisi», — deydi Tramp.

Shu bilan birgalikda AQSh prezidenti sanksiyalarni yana-da kuchaytirganini va Eron hech qachon o‘z yadro quroliga ega bo‘lmasligini ta’kidlagan. Eslatib o‘tamiz, 20 iyun sanasida Eron islom inqilobi korpusining harbiy-havo kuchlari tomonidan AQShning uchuvchisiz boshqariladigan razvedka apparati urib tushirilgan edi.

Amerika tomoni avvaliga bu ma’lumotni inkor etdi, ammo keyinchalik RQ-4A Global Hawk apparati urib tushirilganini tan oldi. RQ-4A Global Hawk — AQSh armiyasining eng katta uchuvchisiz boshqariladigan apparatlaridan biridir.

AQSh tomoni apparat urib tushirilgan vaqtda xalqaro suvlar ustida bo‘lganini aytmoqda. Ammo Eron tomoni RQ-4A Global Hawk o‘z hududida urib tushirilganini ta’kidlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring