Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Kimdan maktub oldi

Tramp Kimdan maktub oldi

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan maktub oldi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh prezidenti Donald Trampga Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan ikkinchi marta uchrashish taklifi blidirlgan maktub olganini ma’lum qildi.

«Juda samimiy va ijobiy maktub. Maktubda prezident bilan uchrashish taklif qilingan. Biz har doim uchrashish tarafdorimiz», – dedi Sara Sandres.

Ikkala mamlakat rahbarlari shu yil Singapurda uchrashgan edi. Sammitda Koreya yarimorolini yadroviy qurollardan xoli hududga aylantirish bo‘yicha kelishib olingan edi. Biroq Shimoliy Koreya tomoni bu ishni paysalga solayotganini rasmiy Vashington jiddiy tanqid qilgandi.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Che In keyingi hafta Pxenyanda Shimoliy koreyalik hamkasbi bilan uchinchi marta uchrashadi.

Uchrashuvda AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida tuzilgan bitim bandlari ijrosi muhokama qilinishi aytilyapti.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring