Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp NATOdagi sheriklaridan mudofaa bo‘yicha xarajatlarni oshirishni talab qilgan

Tramp NATOdagi sheriklaridan mudofaa bo‘yicha xarajatlarni oshirishni talab qilgan

Foto:«Newsweek»

Tramp NATOdagi sheriklaridan mudofaa bo‘yicha xarajatlarni oshirishni talab qilgan. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

«The New York Times» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy Tramp Germaniya, Kanada, Belgiya va Norvegiya rahbarlariga shu mazmunda maktub yuborgan.

Maktubda Tramp NATOdagi sheriklarini tanqid qilib, ular mudofaa xarajatlarini oshirmayotgani uchun AQShning sabr kosasi to‘lib borayotganini aytgan.

Trampning aytishicha, AQSh harbiylari xorijda o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘yayotgan bir paytda NATOga a’zo ayrim davlatlar jamoaviy mudofaaga o‘z hissasini qo‘shmayotganidan Amerika hukumati qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu qiyinchiliklarni Amerika hukumati AQSh aholisiga tushuntirib beradi.

2014-yil sentyabr oyida Uelsda o‘tkazilgan NATO sammitida tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlari 10 yil mobaynida YaIMga nisbatan o‘zining mudofaa qudratini 2 foizga oshirib borish majburiyatini olgan edi.

Bu masalani Tramp NATOning shu yil 11-12-iyul kunlari Bryusselda o‘tkaziladigan sammitida ko‘tarishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring