Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: «Oy bizniki»

Tramp: «Oy bizniki»

AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida Oy surati tushirilgan postni e’lon qilib, unga «The Moon is ours» — «Oy bizniki» degan yozuv va AQSh bayrog‘ini joylashtirdi. Post 6 sentyabr kuni e’lon qilingan.

Bu bayonot AQShning kosmosdagi ustuvorligini kuchaytirishga qaratilgan siyosat fonida yangradi. Tramp 2025-yil dekabrda imzolagan farmonga ko‘ra, AQSh 2028-yilgacha “Artemida” dasturi doirasida astronavtlarni Oyga qaytarish, 2030-yilgacha esa doimiy oy bazasining dastlabki elementlarini barpo etishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, xalqaro huquqda Oy biror davlatning milliy mulki hisoblanmaydi. 1967-yilgi Kosmos to‘g‘risidagi shartnoma prinsiplariga ko‘ra, Oy va boshqa osmon jismlarini suverenitet da’vosi, egallash yoki boshqa usul bilan milliy mulk qilib olish mumkin emas. Bu tamoyil AQShning rasmiy kosmik siyosat hujjatlarida ham qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring