Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentlik poygasi. «Telba Sanders va uyqudagi Bayden»

Prezidentlik poygasi. «Telba Sanders va uyqudagi Bayden»

Foto: «Ng.org.ua»

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida o‘ziga kimlar raqib bo‘la olishini aytdi. Amaldagi prezidentning fikricha, bular — Vermont shtatidan senator Berni Sanders hamda sobiq vitse-prezident Jo Bayden.

«Ishonamanki, saylov poygasida mamlakat tarixidagi eng yaxshi iqtisodiyot (va boshqa ko‘p ajoyib narsalar!)ga qarshi ikki finalchi telba Berni Sanders va uyqudagi Jo Bayden bo‘ladi. Men bu uchrashuvni orziqib kutaman. Yaratgan, ularning xotirini jam qil!» — deb yozdi respublikachi prezident «Twitter»dagi mikroblogida.

Tramp saylov poygasiga hozirlikni qizg‘in boshlab yuborgan. Saylov kampaniyasi uchun yil boshidan beri 40 million dollardan ortiq pul to‘plashga erishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Berni Sanders ikkini o‘rinda — 18 million dollar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring