Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Putin bilan uchrashuvni hayotidagi eng yaxshi uchrashuv deb atadi

Tramp Putin bilan uchrashuvni hayotidagi eng yaxshi uchrashuv deb atadi

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvni hayotidagi eng yaxshi uchrashuv, deb atadi, deb yozadi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Juda qiziq. Men Shimoliy Koreya bilan muzokaralar o‘tkazganimda, ular (Trampni tanqid qiluvchilar-tahr.) men haqimda «U juda qattiqqo‘l, u juda qattiqqo‘l», deyishdi. Mening eng yaxshi uchrashuvlarimdan biri Vladimir Putin bilan bo‘ldi. Ular yana aytishdi: «U o‘ta yumshoqlik qildi, u o‘ta yumshoqlik qildi». Ular mening boks musobaqasini o‘tkazishimni xohlashgandi. Uchrashuvimiz oliy yuqori saviyada o‘tdi», – degan Tramp bugun Montana shtatining Billings shahrida o‘tkazilgan namoyishda.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyul kuni Helsinki shahrida AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putinning tarixiy uchrashuvi o‘tkazilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring