Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Putinga qanday sovg‘a bermoqchi?

Tramp Putinga qanday sovg‘a bermoqchi?

Foto: «gazeta.a42.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp shu yil 16 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganida, unga sovg‘a berishini ma’lum qildi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

«New York Daily News» xabariga ko‘ra, Tramp: «Unga (Putinga – tahr.) sovg‘am bor, uning nima ekanini berayotganimda ko‘rasizlar», – degan.

Ayni paytda jahon matbuoti sovg‘aning nima ekaniga juda qiziqyapti.

Eslatib o‘tamiz, ikkala davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi shu yil 16 iyul kuni Finlandiya poytaxti Helsinki shahrida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring