Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Xelsinkiga yetib keldi

Tramp Xelsinkiga yetib keldi

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putin bilan uchrashish maqsadida Xelsinki shahriga yetib keldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Amerikaning birinchi raqamli samolyoti kecha mahalliy vaqt bilan soat 20:40 da Xelsinki aeroportiga qo‘ngan.

AQSh rahbari va rafiqasini Amerikaning Finlandiyadagi elchisi va uning turmush o‘rtog‘i, prezident devoni boshlig‘i, shuningdek, Finlandiya tashqi ishlar vazirligi protokol rahbari kutib olgan.

Qisqa salomlashuvdan so‘ng AQSh yetakchisi rafiqasi bilan mehmonxonaga kelgan.

Tramp tunni «Vierastalo» hukumat qarorgohidagi «Hilton Helsinki Kalastajatorppa» mehmonxonasida o‘tkazdi. Tramp yashayotgan mehmonxona qattiq qo‘riqlanyapti. Ikkita vertolyot mehmonxonani doimiy kuzatib turibdi.

Ikkala davlat rahbarlarining uchrashuvi, press-konferensiyani qo‘shib hisoblaganda, 3 soatcha davom etadi.

Putin – Tramp uchrashuvi tet-a-tet shaklida, bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:15 da boshlanadi.

Putin va Sauli Niinistyo (Finlyandiya prezidenti) uchrashuvi esa 16:30 da bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring