Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp–Kim: ikkinchi uchrashuv qachon?

Tramp–Kim: ikkinchi uchrashuv qachon?

Foto: «Hurriyet.com»

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yaqin vaqt ichida ikkinchi marta uchrashishini ma’lum qildi. Bu haqda «Hurriyet» nashri xabar bermoqda.

«CNN» xabariga ko‘ra, «Yaqin vaqt ichida Kim Chen In bilan ikkinchi marta uchrashamiz. Xabaringiz bor, u menga maktub yo‘llab, ikkinchi marta uchrashishimizni so‘ragan edi. Pompeo tezlik bilan ikkinchi uchrashuvimizga tayyorgarlik ko‘radi», – degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Amerika va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi iliq diplomatik aloqalar shu yil iyun oyida Singapurda boshlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring