Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning Erdo‘g‘ondan xafsalasi pir bo‘ldi

Trampning Erdo‘g‘ondan xafsalasi pir bo‘ldi

Foto: «Korrespondent.net»

AQSh prezidenti Donald Tramp «Bloomberg»ga bergan intervyusida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘andan xafsalasi pir bo‘lganini aytdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net». Bu holat Turkiyada qo‘lga olingan ruhoniy Endryu Branson bilan bog‘liq.

«Mening undan xafsalam pir bo‘ldi, lekin ko‘ramiz, buyog‘i qanday bo‘larkin»,- degan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, Endryu Branson Turkiyada terrorizmni qo‘llab-quvvatlash ayblovi bilan uy qamog‘ida saqlanmoqda. AQShda esa unga qo‘yilgan ayblovlarning asossiz ekanini ta’kidlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring