Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Trampning samolyoti boshqa samolyot bilan to‘qnashdi

Trampning samolyoti boshqa samolyot bilan to‘qnashdi

Foto:«AFP»

AQSh prezidenti Donald Trampning xususiy layneri Nyu-Yorkdagi La-Guardiya aeroportida boshqa bir samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda RIA «Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa «Bombardier Global Express» ikki motorli samolyoti to‘xtash joyiga ketayotganida sodir bo‘lgan. U Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida parvoz qilgan «Boeing 757» samolyotining qanotiga tegib o‘tgan. «Bombardier Global Express»ning bortida uch nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, hech kim jabrlanmagan.

«Trump Organization» hodisani tasdiqlab, bu paytda samolyot to‘xtash joyida bo‘lganini ma’lum qildi.

Hodisa aeroportning ish tarziga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Samolyotlarning qay darajada zarar ko‘rgani ma’lum qilinmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring