Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Turkiyaga «patriot»larini sotishga rozi

AQSh Turkiyaga «patriot»larini sotishga rozi

Foto: «Global Look Press»

AQSh Davlat departamenti Turkiyaga «Patriot» zenit-raketa komplekslarini sotishga rozilik berdi. Bu haqda 19-dekabr kuni «Anadolu» agentligi Pentagonga asoslanib xabar tarqatdi.

«AQSh Davlat depatamenti Turkiyaga 80 ta «MIM-104E» raketa-tutuvchilar hamda «Patriot» majmuasi uchun  60 ta «PAC-3» raketalarini sotish haqidagi qarorni tasdiqladi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumki, Vashington Turkiyaning Rossiyadan «S-400» tizimlarini keltirishiga qarshi. Agarda turklar ruslardan havo mudofaa tizimini xarid qilishsa amerikaliklar ularga ham sanksiya joriy etish bilan tahdid qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Moskva va Anqara «S-400» zenit-raketa kompleksi bo‘yicha 2,5 milliard dollarlik shartnoma tuzishi haqida 2017-yil yozida xabarlar tarqagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring