Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil Turkiya ustidan AQShga arz qilmoqchi

Isroil Turkiya ustidan AQShga arz qilmoqchi

Turkiya Isroilga qarshi bir qator cheklovlar joriy etdi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi rahbari Israel Kats esa Turkiya ustidan Qo‘shma Shtatlardagi «do‘stlar»ga murojaat qilish va Anqaraga qarshi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi. Uning so‘zlarini  The Times of Israel gazetasi keltirmoqda.

Bunday chora-tadbirlarga Turkiya hukumati tomonidan mahalliy mahsulotlarni Isroilga eksport qilishga cheklovlar kiritilishi sabab bo‘ldi. Katsning ta’kidlashicha Anqaraning bunday qadami ikki tomonlama savdo munosabatlarini buzish hisoblanadi. Ushbu harakatga javoban Isroil rasmiylari yaqin orada o‘z hududiga olib o‘tish taqiqlanadigan turk tovarlarining «keng ro‘yxati»ni tayyorlamoqchi.

Isroil tashqi ishlar vaziri, shuningdek, yahudiy davlati «Amerika Kongressidagi do‘stlaridan» Turkiyaning Isroilga qarshi boykot qonunlarini buzganini diqqat bilan o‘rganishni so‘rashini qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, ular Turkiya iqtisodiyotiga sarmoya kiritish va uning mahsulotlarini import qilishni to‘xtatish talabi bilan «AQShdagi isroilparast kompaniya va tashkilotlarga» murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi, dedi Kats.

Isroilga olib kirish taqiqlangan turk tovarlari ro‘yxatiga alyuminiy, mis, po‘lat, sementdan tayyorlangan mahsulotlar, shuningdek, qurilish texnikasi, motor moylari, mineral o‘g‘itlar, aviabenzin va boshqa turdagi jami 54 ta sanoat tovarlari kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring