Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya vaziri Isroil mulozimi bayonotiga raddiya berdi

Turkiya vaziri Isroil mulozimi bayonotiga raddiya berdi

G‘azo sektorida harbiy harakatlar butkul to‘xtatilib, insonparvarlik ko‘magi muntazam ravishda yetkazilishi ta’minlanmas ekan, Turkiya Isroil bilan savdo aloqalarini tiklamaydi. Bu haqda Turkiya savdo vaziri Umar Bolat Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Katsning bayonotiga javoban ma’lum qildi. 

Yahudiy davlati mulozimi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Turkiya tomoni Isroil bilan qator savdo cheklovlarini bekor qilgani haqida post qoldirgan edi.

Turkiya savdo vaziriga ko‘ra, Israel Katsning ushbu fikri haqiqatdan butkul yiroq uydirmadir.

«Isroilning G‘azo sektoridagi hujumlarini bas qilish, doimiy otashkesim o‘rnatish va G‘azodagi falastinlik qardoshlarimizga muntazam insonparvarlik ko‘magi yetkazish bo‘yicha shartlarimiz bajarilmas ekan, Isroil bilan savdo munosabatlarini to‘xtatish qarorimiz bekor qilinmaydi», – deydi Turkiya hukumati vakili.

Rasmiy Anqara Isroilning G‘azo sektorida minglab tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan harbiy harakatlarini keskin tanqid qilib kelmoqda. Tel-Avivning xalqaro huquqqa zid harakatlariga javoban Turkiya joriy yil aprel oyida 54 nomdagi sanoat tovarlari eksportiga cheklov joriy qildi. 

2 maydan e’tiboran esa Anqara yahudiy davlatiga barcha eksport va importni to‘xtatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring