Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada qamoqdan qochgan erkak odamlarga hujum qildi

Turkiyada qamoqdan qochgan erkak odamlarga hujum qildi

Foto: «Korrespondent.net»

Istanbulning Kadikey tumanida qamoqdan qochgan mahbus pichoq bilan ko‘chadagi odamlarga hujum qildi. Hodisa oqibatida 11 kishi yaralandi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda.

Ma’lumotga ko‘ra, jinoyatchining ismi Ali Kardash. Tumandagi go‘sht do‘koni yaqinida mahbus bir ayolga hujum qilgan va uni to‘xtatishga uringan barchani yaralagan.

Ayni damda erkak qo‘lga olingan, yaralanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ikki kishi kuchli jarohat olgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring