Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkmaniston 1 million tonna paxta yetishtirmoqchi

Turkmaniston 1 million tonna paxta yetishtirmoqchi

Foto: «Novosti Sentralnoy Azii»

Turkmaniston «Paxta-2019»dan 1 million tonnalik xirmon ko‘tarmoqchi.

Ahal, Balkan, Lebap va Mari viloyatlarida 23 martdan chigit qadash ishlari boshlab yuborildi. Turkmaniston 2019-yilda 550 ming gektar yerni paxta uchun ajratgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2018-yili Turkmaniston paxtadan 1 099 236 tonna hosil olgan. Biroq mintaqa ommaviy axborot vositalari mamlakat qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining yopiq ma’lumotlariga asoslanib xabar tarqatishicha, rasmiy ma’lumotlarda ko‘rsatkich ikki baravar oshirib berilgan. Ya’ni aslida Turkmanistonda 2018 yili paxtadan 450 ming tonna hosil olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring