Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzodlik maqomi berildi, xo‘sh, keyinchi?..

Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzodlik maqomi berildi, xo‘sh, keyinchi?..

Foto: Iz.ru

Yevroparlament Ukraina va Moldovaga Yevropa ittifoqiga nomzod maqomini berishni qo‘llab-quvvatladi va tegishli rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda Yevroparlament deputati Vladimir Bilchik o‘z telegram-kanalida ma’lum qildi.

Yevropa parlamentidan keyin yakuniy qarorni Yevropa kengashi qabul qiladi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama Yevropa ittifoqi sammiti boshlanishidan oldin Ukraina xalqiga nomzod maqomi borasida yolg‘on umidlarga yo‘l qo‘ymaslikni maslahat berdi.

Edi Rama. Foto: RIA Novosti

«Shimoliy Makedoniya, adashmasam, 17 yildan beri, Albaniya 9 yildan beri nomzod. Biz Ukrainani qutlaymiz, nomzod maqomi berilishi yaxshi. Ammo umid qilamanki, Ukraina xalqi bu borada katta illyuziyalarga uchmaydi», — dedi Edi Rama.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring