Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina yana Rossiyaning Qrimdagi harbiy bazasiga zarba berdi

Ukraina yana Rossiyaning Qrimdagi harbiy bazasiga zarba berdi

Bugun, 16-avgust kuni Ukraina armiyasi Rossiyaning Qrimdagi harbiy o‘q-dorilar saqlanadigan omboriga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

Rossiya tomoni ikki kishi jarohatlangani, temir yo‘l harakati to‘xtatilgani, yaqin atrofdagi qishloqning 2000 ga yaqin aholisi evakuatsiya qilinganini tasdiqladi.

«Kiyev bu bilan Rossiya tarafga yanada chuqurroq zarba berish imkoniyatini namoyish qildi. Ukraina olti oydan buyon davom etib kelayotgan urushning dinamikasini o‘zgartirib yuborishi mumkin», – deyilgan xabarda.

Rossiya 2014-yilda Ukrainadan tortib olib, anneksiya qilgan Qora dengizdagi Qrim yarim oroli aksariyat davlatlar tomonidan tan olinmagan, Rossiya Qora dengiz floti bazasi va mashhur yozgi dam olish maskani hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Qrimning g‘arbiy sohilidagi Novofedorovkadagi aviabazada sodir bo‘lgan portlashlar bir qancha Rossiya harbiy samolyotlarini yo‘q qilib, katta zarar yetkazdi. Garchi bazaning bir necha joyida bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lgan portlashlar kosmosdan ko‘rinadigan chuqurliklarni qoldirgan bo‘lsa-da, Moskva buni baxtsiz hodisa deb atagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring