Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush boshlanganidan buyon qancha ukrainalik halok bo‘ldi?

Urush boshlanganidan buyon qancha ukrainalik halok bo‘ldi?

Foto: RBK

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi o‘rtasida qunbonlar soni qanchaga yetganini hisobladi.

Yangilangan ma’lumotga ko‘ra, 24-fevraldan buyon Ukraina tinch aholisining 6 655 nafari halok bo‘lgan, 10 368 nafari jarohat olgan.

Fuqarolar orasida aksariyat keng radius ta’siriga ega portlovchi qurol qo‘llanilishi qurboniga aylangan, deyiladi BMT hisobotida.

6 655 nafar urush qurbonining 2 601 nafari — erkaklar, 1 783 nafari — ayollar, 209 nafari — o‘g‘il bolalar, 173 — nafari qiz bolalar. Halok bo‘lgan 37 nafar bola va 1 852 nafar katta yoshlilarning jinsini aniqlash imkoni bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring