Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda portlashlar yana bir necha kun davom etishi mumkin

Qozog‘istonda portlashlar yana bir necha kun davom etishi mumkin

Foto: «VKontakte»

Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Aris shahridagi portlashlar yana bir necha kun davom etishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev xabar berib o‘tdi.

Ayni vaqtda portlash ro‘y berayotgan hududda sapyorlar guruhi ish olib bormoqda. Harbiy qism qurol-yarog‘ omborlarida radioaktiv snaryadlar bo‘lmagan.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtda butun shahar evakuatsiya qilingan. Mahalliy aholi uchta yo‘nalishda olib chiqib ketildi. Qozog‘istonning «Xabar» telekanali tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda Aris shahri aholisi maktablarda tashkil etilgan maxsus lagerlarga joylashtirilgan.

Arisda qonunchilikni nazorat qilib turish uchun 345 politsiyachi safarbar etildi. Shuningdek qo‘shimcha tarzda shaharga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilaridan 500 nafari kiritilgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring