Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy aholisi soni 2018-yilda 1,395 mlrd. kishiga yetdi

Xitoy aholisi soni 2018-yilda 1,395 mlrd. kishiga yetdi

Foto: «Gbtimes.com»

Xitoy aholisi soni 2018-yili 0,38 foizga oshib, 1,395 mlrd. kishiga yetdi. Bu haqda TASS XXR Davlat statistika boshqarmasiga asoslanib xabar bermoqda.

O‘tgan yili Xitoyda 15,23 mln. kishi tug‘ilib, 9,93 mln. kishi vafot etgan. Aholi soni o‘sishi 3,81 foizni tashkil etdi.

2019-yil boshiga kelib, XXR da erkaklar soni 713,5 mln., ayollar soni 681,8 mln. nafarga yetdi.

O‘tgan yil iyul oyida Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi raisi Van Szyanszyun 2050-yilga borib mamlakat aholisining 34,9 foizini keksalar tashkil etishini ta’kidlagan edi.

Mavzu doirasida: so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aholisi ko‘pligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi Hindiston aholisi soni 1,339 mlrd.dan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring