Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy tezyurar «Buyuk temir yo‘l»ini ishga tushirdi

Xitoy tezyurar «Buyuk temir yo‘l»ini ishga tushirdi

Foto: «Cgtn.com»

Xitoyda bugun, 10-iyul kuni Tyanszin va Gonkong shaharlarini tutashtiruvchi tezyurar temir yo‘l ishga tushirildi. Bu haqda Sinxua xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 10:58 da  Tyanszindan chiqqan 1 100 yo‘lovchilik «G305» tezyurar poyezdi oradan o‘n soat o‘tib Gonkongga yetib borishi kerak. Oradagi masofa — 2450 kilometr.

Tyanszindagi G‘arbiy vokzal direktori o‘rinbosari Jen Xunsyuanning aytishicha, poyezdga chiptalar sanoqli daqiqalarda sotilib ketgan. Ikkinchi klass vagonlar uchun chipta narxi — 1092,5 yuan ($159 atrofida).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring