Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyda «hojatxona inqilobi» qanday kechmoqda?

Xitoyda «hojatxona inqilobi» qanday kechmoqda?

Foto: «Tonkosti.ru»

«REGNUM» axborot agentligi yozishicha, Xitoyda jamoat hojatxonalarini zamonaviylashtirishga qaratilgan «hojatxona inqilobi» ayni avjiga chiqdi.

Avvaliga sayyohlik ob’yektlarida boshlangan «inqilob» endi tibbiyot muassasalariga ko‘chdi. Xususan, hukumat eng quyi bosqichdagi tibbiyot muassasalariga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Ushbu dastur davolash muassasalarini uzoq muddatli sifatli sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi, deyiladi, jumladan, Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiya hamda Xitoy an’anaviy tibbiyoti davlat ma’muriyati chiqargan maxsus sirkulyarda.

2015—2017-yillarda butun mamlakat bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishlarida hojatxonalar qurish va ta’mirlashga 1,64 mlrd. yuan ($237,8 mln. atrofida) sarmoya kiritildi.


Mavzuga oid: Xitoyda «hojatxona inqilobi»


Xitoyda «hojatxona inqilobi» 2015-yildan beri davom etmoqda. Hukumat hatto maxsus ilova orqali foydalanish mumkin bo‘lgan mamlaktdagi barcha hojatxonalar onlayn xaritasini tuzishni ham rejalashtirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring