Xitoyda oilasi xorijda yashovchi amaldorlar ustidan nazorat kuchaytirildi
Xitoy hukumati korrupsiyaga qarshi kurash doirasida davlat xizmatchilari uchun yangi cheklovlarni joriy etdi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, davlat idoralari, yirik korxonalar va qurolli kuchlardagi amaldorlar ustidan nazorat kuchaytiriladi. Xususan, amaldorning oila a’zolari chet elda yashasa, u o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni doimiy ravishda yangilab turishi shart.
Tekshiruv natijasida bunday amaldorlar korrupsiya xavfi sababli pastroq va kamroq ahamiyatga ega lavozimlarga tushirilishi mumkin.
Bu choralar Pekinning davlat boshqaruvida shaffoflikni oshirish va xorijiy ta’sirlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli kampaniyasining bir qismi hisoblanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter