Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda vertolyot halokatga uchradi: qurbonlar bor

Xitoyda vertolyot halokatga uchradi: qurbonlar bor

Foto: «RIA Novosti»

Xitoyning Xebey provinsiyasida vertolyot halokatga uchrashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Voqea bugun mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da Sinxuandao shahar okrugining Dunlichjuan qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan.

Halokatga nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Vertolyot mahalliy «Yuyan Aviation» kompaniyasiga qarashli bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring