Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda yarim yilda 7 millionta ish o‘rni yaratildi

Xitoyda yarim yilda 7 millionta ish o‘rni yaratildi

Foto: «AP»

Xitoyda 2019-yilning birinchi yarmida 7,37 millionta yangi ish o‘rni ochildi, bu bir yil uchun rejaning 67 foizini tashkil etadi. Bu haqda «RIA Novosti» Xitoy davlat statistika idorasi ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Iyun oxiriga kelib shaharlarda ishsizlik koeffitsiyenti 5,1 foizni tashkil etdi, bu may oyidagidan 0,1 foizga yuqoridir. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 25 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik ko‘rsatkichi 4,6 foizga tengdir.

Iyun oyida yollanma ishchilar haftasiga 45,7 soatdan mehnat qilishgan. Ikkinchi chorak yakuniga kelib, qishloqlardan kelib ishlovchilar 182,5 million nafarni tashkil qilgan.

Rasmiy prognozlarga ko‘ra, Xitoy shaharlarida ishsizlik 4,5 foiz bo‘lib, bu yil jami 11 milliondan ortiq yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring