Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyliklar Oyda chigit undirishdi!

Xitoyliklar Oyda chigit undirishdi!

Foto: «Global Look Press»

Ma’lumki, xitoyliklar Oyning ort qismiga «Chan’e-4» kosmik qurilmasini muvaffaqiyatli qo‘ndirgan edi.

Ushbu qurilma yordamida olib chiqilgan paxta urug‘lari (chigitlar) nish urib chiqdi. Bu haqda XXR aerokosmik fan va texnika korporatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu Oy sirtida ilk marotaba amalga oshirilgan biologik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tganidan dalolat beradi, deyiladi tashkilot xabarida.

Ta’kidlash kerakki, xitoyliklar Oyda faqat «paxta ekish» bilan qanoatlanishmoqchi emas. Ular kartoshka, karam, raps kabi ekinlarning urug‘i hamda meva pashshasi lichinkalari, achitqi zamburug‘larini ham tadqiqotlarda sinab ko‘rishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring