Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorvatiya yevroga ariza topshirdi

Xorvatiya yevroga ariza topshirdi

Foto: «Korrespondent»

Xorvatiya ERM 2 — Yevropa almashtirish kursi mexanizmi hamda Yevropa bank ittifoqiga qo‘shilishga rasman ariza topshirdi. Bu haqda TASS Yevroguruh raisi Mario Sentenoga asoslanib xabar berdi.

«Bu yevrozonaga qo‘shilish uchun birinchi qadam. Biz xorvat hukumatining yevro oilasiga qo‘shilish qaroridan shodmiz va uni qo‘llab-quvvatlaymiz», — dedi Senteno.

Yevropa valyutalari kursi mexanizmiga Xorvatiya 2020-yildan qo‘shilishi rejalashtirilgan. Shundan so‘ng Bolqon mamlakati barcha kerakli choralarni amalga oshirib, yevrozonaning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun uch yil ketadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring