Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xuddi kinodagidek: Zelenskiy qasamyodga piyoda keldi, xalq bilan selfi tushdi

Xuddi kinodagidek: Zelenskiy qasamyodga piyoda keldi, xalq bilan selfi tushdi

Foto:«Reuters»

Bugun, 20-may kuni aprel oyidagi saylovlarda g‘olib chiqqan Vladimir Zelenskiy Ukrainaning yangi prezidenti sifatida qasamyod qildi. Yangi rahbarning inauguratsiya jarayoni Ukraina telekanallari orqali namoyish etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zelenskiy Oliy radaga piyoda yurib kelgan. Uni radaga kiraverishda xalq qarshi oldi. Zelenskiy hatto ular bilan selfi tushishga ham ulgurdi.

Foto:«Reuters»

Prezident inauguratsiyasiga qo‘shni davlatlar, Boltiqbo‘yi va Yevropa ittifoqidan vakillar kelgan, Rossiyadan hech kim taklif etilmagan.

Ukraina prezidenti sifatida barcha odatlarni bajargan Zelenskiy Oliy radani tarqatib yuborishini bildirgan. Shuningdek, Donbassdagi notinchlikni bartaraf etish uchun hatto o‘z lavozimini ham qurbon qilishini ma’lum qilgan. 

«Men o‘z mashhurligim, reytingim va hatto lavozimimni yo‘qotishim mumkin, ammo boshqa qurbonlar bo‘lmasligi uchun hammasiga tayyorman» — degan yangi prezident. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring