Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bir qiziqchi sahnada hazil qilayotganda vafot etdi

Yana bir qiziqchi sahnada hazil qilayotganda vafot etdi

Hindistonlik stendap-qiziqchi Mandjunat Naydu Dubaydagi chiqishi davomida vafot etdi.

Xabar qilinishicha, sahnaga chiqqandan so‘ng 15 daqiqa o‘tib qiziqchi hansirab qolgan va nafas rostlash uchun o‘rindiqqa o‘tirgan. Oradan bir necha daqiqa vaqt o‘tib Naydu 80 kishi qarshisida qulab tushadi.

Tomoshabinlar avvaliga bu holatni hajviyaning bir qismi sifatida qabul qilishgan, ammo oradan biroz vaqt o‘tgach tadbir bo‘layotgan mehmonxona xodimlari qiziqchiga yordamga tashlanishadi. Qiziqchini kasalxonaga yetkazib borishgan, ammo shifokorlar Mandjunat Nayduning hayotini saqlab qola olmadi. U yurak to‘xtashidan vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida britaniyalik stendap-qiziqchi Yan Kognito sahnada vafot etgani xabar qilingan edi. Britaniyalik qiziqchi insult kasalligi haqida hazil qilayotgan vaqtda vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring