Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi Zelandiyada jangovar qurollardan foydalanish ta’qiqlandi

Yangi Zelandiyada jangovar qurollardan foydalanish ta’qiqlandi

Foto: «AP»

Yangi Zelandiya hukumati mamlakat xududida yarim avtomat va shturm vintovkalaridan foydalanishni ta’qiqladi.

Ushbu ta’qiq kichik quvvatli yarim avtomat va 0,22 kalibrli qurollarga o‘tmaydi. Odatda bunday qurollardan fermerlar va ovchilar foydalanishadi. Qaror darhol kuchga kiradi. Xabar qilinishicha, hukumat ta’qiq ostiga olingan qurollarni odamlardan sotib olishga kirishgan.

Ayni vaqtda 5 million aholidan iborat mamlakatda 1,2 milliondan tortib 1,5 millionga qadar o‘qotar qurollar mavjud. Eslatib o‘tamiz, 15 mart sanasida Kraystcherch shahri va uning yaqinidagi Linvuddagi ikki masjidga terrorchi hujum qilgan va 50 musulmonning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi. Shuningdek 40 dan ortiq inson yaralangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring