Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya atom energetikasiga qaytmoqda

Yaponiya atom energetikasiga qaytmoqda

Foto: «Dekatop.com»

Yaponiya atom energetikasiga qaytmoqda. «Fukusima-1» atom elektr stansiyasida 2011-yili sodir bo‘lgan avariyadan so‘ng Yaponiya atom energetikasi mavzusiga nuqta qo‘ygandek tuyulgandi, deb yozmoqda «Asaxi Simbun» gazetasi. Biroq yaqinda ma’lum bo‘lishicha, «Ikata Shikoku Electric Power» AESi tez orada ochilarkan. «Shikoku Electric» — qator sud jarayonlarida elektrostansiya qurish uchun uzoq yillardan beri kurashib kelayotgan kompaniya.

Bu Yaponiyadagi to‘qqizinchi reaktor bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, besh yildan keyin «Kunchiqar yurt»da yana oltita reaktor ishga tushiriladi.

Yaponiyada 2017-yili atom energetikasining umumiy ishlab chiqarilayotgan energetikadagi ulushi 2 foizdan 3,61 foizga oshdi. 2030-yilda bu ko‘rsatkich 20 foizga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring