Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiya Trampni Nobel mukofotiga tavsiya qildi

Yaponiya Trampni Nobel mukofotiga tavsiya qildi

Foto: «Korrespondent.net»

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe AQSh prezidenti Donald Trampni Shimoliy Koreya bilan munosabat o‘rnatgani uchun Nobelning tinchlik mukofotiga tavsiya qildi. «Assaciated Press» agentligining ta’kidlashicha, bu haqda Trampning o‘zi Oq uydagi matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Bosh vazir Sindzo Abe menga Nobel mukofoti deb ataladigan narsalarni beruvchi odamlarga yuborgan xatining chiroyli nusxasini taqdim etdi»,-degan Tramp jurnalistlarga.

O‘z navbatida Yaponiya Tashqi ishlar vaziri agentlikka AQSh prezidenti so‘zlaridan xabardor ekanini, ammo u Tramp va Abe o‘rtasidagi muzokaralarni izohlay olmasligi ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring