Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘lovchi halokatga uchragan samolyotning qulashini tasvirga oldi

Yo‘lovchi halokatga uchragan samolyotning qulashini tasvirga oldi

Foto:«Report.az»

«Janubiy Afrika Respublikasida yo‘lovchi o‘zi o‘tirgan samolyotning halokatga uchrash jarayonini tasvirga oldi», — deya xabar beradi «RIA Novosti».

Yo‘lovchilardan biri samolyotning chap tomonidagi illyuminator yonida o‘tirib olib, motori alanga olishi tufayli tezlik bilan qulayotgan samolyotni tasvirga olgan.

«Vaziyat juda vahimali edi. Hammasi juda yomon bo‘ldi», – degan yo‘lovchi.

So‘ngra ekran qora bo‘lib qolgan. Samolyot yerga urilishining ovozi eshitilgan, salon tutunga burkangan. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.

Shu yil 10-iyul kuni xalqaro charter reys bilan uchayotgan havo kemasi Pretoriya shahri yaqinida halokatga uchragan.

Baxsiz hodisa tufayli 2 kishi qurbon bo‘lgan, 20 kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring