Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YuNISEF: «Tripolida 500 ming bolaning taqdiri xavf ostida»

YuNISEF: «Tripolida 500 ming bolaning taqdiri xavf ostida»

Foto: «Hurriyet.com»

BMTning YuNISEF tashkiloti ma’lum qilishicha, Liviya poytaxti Tripoli shahrida 500 ming bolaning taqdiri xavf ostida. Bu haqda «Hurriyet» xabar qilmoqda.

Urush o‘chog‘iga aylangan Liviya poytaxti Tripoli shahrida 500 ming bolaning taqdiri bevosita xavf ostida ekani, mamlakat miqyosida esa 2,6 million bola yordamga muhtoj ekani ma’lum bo‘ldi.

Liviya Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra shu yil 26 avgustdan beri 115 kishi halok bo‘lgan. Ularning aksariyati bolalar ekani tashvishlanarli holat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring