Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yuz minglab kishi Shimoliy G‘utaga qaytmoqda

Yuz minglab kishi Shimoliy G‘utaga qaytmoqda

Foto: «360tv.ru»

Suriyadagi qochoqlarni qabul qilish, tarqatish va joylashtirish markazidagi Rossiya vakilining ma’lum qilishicha, Sharqiy G‘utaning bo‘shatilishi bilan yuz mingga yaqin kishi o‘z yurtiga qaytib kelgan. Bu haqda «Gazeta.ru» sayti xabar bermoqda.

«Damashq shahri jangarilardan tozalangach, urush tufayli o‘z vatanini tashlab ketgan yuz mingdan ziyod kishi G‘utaga qaytib keldi», – deyiladi markaz vakili xabarida.

Suriya hukumat kuchlari shu yil aprel oyida Sharqiy G‘utani o‘z nazoratiga olgan edi.

Avvalroq Suriyaning Latakiya viloyati mamlakatning boshqa hududlaridan hamda chet eldan kelgan millionga yaqin kishini o‘z bag‘riga olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring