Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Poroshenko bilan bo‘ladigan debatga Yuliya Timoshenko hakamlik qilishini so‘radi

Zelenskiy Poroshenko bilan bo‘ladigan debatga Yuliya Timoshenko hakamlik qilishini so‘radi

Foto: «2000.ua»

Ukraina prezidentligi uchun kechayotgan kurashda yetakchi bo‘lgan Vladimir Zelenskiy saylovdagi raqibi Petr Poroshenko bilan bo‘ladigan debatda Yuliya Timoshenko ham ishtirok etishini istamoqda. Zelenskiy saylovdagi kurashdan chiqib ketgan Timoshenkodan tortishuv vaqtida hakamlik qilishini so‘ragan.

— Yuliya Timoshenko, siz saylovning birinchi turida uchinchi o‘rinni egalladingiz va hech bir nomzodni qo‘llamadingiz. Shunday ekan, debat vaqtida toza qoidalar va teng imkoniyatlar bo‘lishiga kafillik qila olasizmi, — deydi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, 3 aprelda Zelenskiy debat o‘tkazish uchun Poroshenkoni «Olimpiyskiy» stadioniga chorlagan edi. Poroshenkoning shtabidagilar avvaliga stadionda debat o‘tkazish o‘rnatilgan tartibga mos kelmasligi haqida gapirishdi. Ammo keyinchalik amaldagi prezident ushbu chorlovni qabul qilishini bildirib, videomurojaat yo‘llagan.

Ukraina prezidentligi uchun saylovning birinchi turi 31 martda bo‘lib o‘tgan edi. Unga ko‘ra Zelenskiy 30 foizdan ortiq va Poroshenko ikki barobar kam ovoz to‘plab, ikkinchi turga o‘tgan. Saylovning yakuniy bosqichi 21 aprelda o‘tkazilishi lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring