Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy urushni tezroq tugatish uchun nima qilish kerakligini aytdi

Zelenskiy urushni tezroq tugatish uchun nima qilish kerakligini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G7 sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. U «Katta yettilik» yetakchilarini Ukrainadagi urush 2022-yil oxirigacha yakunlanishi uchun hamma narsani qilishga chaqirgan.

Zelenskiyning aytishicha, qishda Ukraina qo‘shinlariga Rossiya tomonidan egallangan hududlar ustidan nazoratni tiklash uchun harbiy amaliyotlar o‘tkazish qiyinroq bo‘ladi. U G7 davlatlarini og‘ir qurollar, havo hujumidan mudofaa tizimlari bilan ta’minlash, shuningdek, g‘alla eksporti va urushdan keyin Ukrainani qayta tiklashda yordam berishga chaqirdi.

Ukraina prezidenti, shuningdek, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirishga chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring