Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi nomdor maktablarga qabul DXM orqali bo‘ladi

Toshkentdagi nomdor maktablarga qabul DXM orqali bo‘ladi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida» qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagi maktablarga 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

Bektemir tumanidagi 289,290, 291,293-son maktablariga;

Mirobod tumani 31,60, 94, 110, 125, 263-son maktablariga;

Mirzo Ulug‘bek tumani 35, 50, 64, 71, 187, 210, 279-son maktablariga;

Olmazor tumani 159, 191, 233, 242, 243, 249, 298-son maktablariga;

Sergeli tumani 6,7,300-son maktablariga;

Uchtepa tumani 38, 44, 74, 75, 107, 228, 238-son maktablariga;

Chilonzor tumani 101, 103, 164, 168, 178, 184, 195, 217, 280-son maktablariga;

Shayxontohur tumani 19, 34, 42, 59, 169, 180, 314-son maktablariga;

Yunusobod tumani 5, 17, 43, 51, 86, 97, 98, 235, 246, 257, 260, 272, 302, 313-son maktablariga;

Yakkasaroy tumani 89, 91, 144, 160-son maktablariga;

Yashnobod tumani 61, 145, 151, 152, 166, 282, 307-son maktablariga.

Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumani Profilli mehnat ta’limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Mirzo Ulug‘bek nomidagi astronomiya, fizika, matematika, informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Uchtepa tumani Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Yunusobod tumani Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga;

Olmazor tumani Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabiga.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring