Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 11 yoshli bola baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Toshkentda 11 yoshli bola baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Foto: «UzDaily.com»

Kecha, 12-may kuni Toshkent shahrida noxush voqea ro‘y berdi. «Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, 11 yoshli bola bevaqt hayotdan ko‘z yumgan.

Xabar berilishicha, soat 21:30 da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktab o‘quvchisi S.M.N. (2007-yilda tug‘ilgan) Zulfiyaxonim ko‘chasi «Lokomotiv» bog‘ida charxpalakda uchayotgan vaqtida hushidan ketgan.

Bolakay zudlik bilan 1-shahar klinik shifoxonasining qabul bo‘limiga olib borilgan vaqtida vafot etgan.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring