Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-iyundan «O‘zbekneftgaz» AYoQShlarida benzin narxi oshmaydi

1-iyundan «O‘zbekneftgaz» AYoQShlarida benzin narxi oshmaydi

Avvalroq neft mahsulotlariga nisbatan aksiya solig‘i stavkalarining miqdori oshishi ortidan 2022-yil 1-iyun kunidan boshlab avtobenzin narxining oshishiga doir xabarlar e’lon qilingandi.

«O‘zbekneftgaz» AJning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-741-son Qonuniga muvofiq quyidagi neft mahsulotlari va yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalariga joriy yil 1 iyundan o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

a) neft mahsulotlariga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

– 1 tonna Ai-80 markali avtobenzin: amalda – 240 000 so‘m, 1 iyundan – 275 000 so‘m (o‘zgarish 35 000 so‘m yoki 15 %);

– 1 tonna Ai-90 va undan yuqori markali avtobenzin: amalda – 275 000 so‘m, 1 iyundan – 275 000 so‘m (o‘zgarishsiz);

– 1 tonna dizel yoqilg‘isi: amalda – 240 000 so‘m, 1 iyundan – 264 000 so‘m (o‘zgarish 24 000 so‘m yoki 10 %);

– 1 tonna EKO dizel yoqilg‘isi: amalda – 216 000 so‘m, 1 iyundan – 237 600 so‘m (o‘zgarish 21 600 so‘m yoki 10 %).

b) yakuniy iste’molchiga sotiladigan tovarlarga solinadigan aksiz soliq stavkalari:

– benzin: amalda – 465 530 so‘m / tonna yoki 350 so‘m / litr, 1 iyundan – 512 000 so‘m yoki 385 so‘m / litr (o‘zgarish 46 470 so‘m yoki 35 so‘m / litr yoki 10 %);

– dizel yoqilg‘isi: amalda – 425 918 so‘m / tonna yoki 350 so‘m / litr, 1 iyundan – 468 000 so‘m / tonna yoki 385 so‘m / litr (o‘zgarish 42 082 so‘m yoki 35 so‘m / litr yoki 10 %).

Yuqoridagi o‘zgarishlar AI-80 benzini misolida ko‘rilganida, AYoQShlarda o‘rtacha narx tarkibidagi mavjud soliq va boshqa majburiy to‘lovlar o‘rtacha 71 so‘mgacha (QQS bilan) bo‘lgan miqdorda chakana narxiga ta’sir qilishi mumkin.

Shu bilan birga, «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi UNG Petro AYoQShlarida 1 iyundan aksiz soliqlari bo‘yicha kiritilayotgan o‘zgarishlar hisobiga bugungi kunda 1 litri 6 800 so‘mni tashkil qilayotgan Ai-80 markali avtobenzinning chakana narxi oshmaydi, deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring