Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

200 litr tekin benzin. Firibgarlar «O‘zbekneftgaz» nomidan aksiya o‘tkazdi

200 litr tekin benzin. Firibgarlar «O‘zbekneftgaz» nomidan aksiya o‘tkazdi

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekneftgaz» ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarga benzin tarqatilishi haqidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar bermoqda «Repost.uz».

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniyaning 25 yilligi munosabati bilan barchaga 200 litrdan AI-95 markali benzin berilishi haqidagi aksiyaga «O‘zbekneftgaz»ning mutlaqo aloqasi yo‘q.

Firibgarlar reklamasida maxsus kuponga havola ko‘rsatilgan bo‘lib, unda olti savolga javob berish va do‘stlar bilan bo‘lishish taklif etilgan. «O‘zbekneftgaz» o‘zining rasmiy telegram-kanalida ushbu xabarlarni rad etdi va fuqarolarni tarqatilayotgan turli ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring