Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Avto oltmish oy» MChJ mas’ullariga hukm o‘qildi

«Avto oltmish oy» MChJ mas’ullariga hukm o‘qildi

2021-yil 29-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida sudlanuvchilar J. Bahodirov (1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, «Avto oltmish oy» MChJ rahbari), O. Mirzayev (1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, ishsiz), E. Qurbonov (1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, ishsiz), M. Gulmirzayeva (1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, «Avto oltmish oy» MChJ bosh hisobchisi) va M. Hakimova (1981 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan, «Avto oltmish oy» MChJ maslahatchisi)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi sudyasi D. Valiyev tomonidan ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra:

J. Bahodirov Jinoyat kodeksining 179-moddasi (soxta tadbirkorlik), 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) 2-qismi «a» bandi va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar yuz bermaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 1-bandiga asosan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi hamda jinoyat ishining shu qismlari tugatildi. J. Bahodirov Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «a», «b» bandlari, 188-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) 2-qismi «b», «v» bandlari va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

O. Mirzayev Jinoyat kodeksining 179-moddasi, 184-moddasi 2-qismi «a» bandi va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlar yuz bermaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-bandiga asosan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi hamda jinoyat ishining shu qismlari tugatildi. O. Mirzayev Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari, 188-1-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

E. Qurbonov Jinoyat kodeksining 179-moddasi, 184-moddasi 2-qismi «a» bandi va 3-qismi hamda 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar yuz bermaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1 va 3 bandlariga asosan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi hamda jinoyat ishining shu qismlari tugatildi. E. Qurbonov Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari va 188-1-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

M. Gulmirzayeva Jinoyat kodeksining 179-moddasi, 184-moddasi 2-qismi «a» bandi va 3-qismi hamda 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar yuz bermaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1 va 3 bandlariga asosan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi hamda jinoyat ishining shu qismlari tugatildi. M. Gulmirzayeva Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «v», «g» bandlari, 168-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari, 188-1-moddasi 2-qismi «b», «v»bandlari, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi «b» bandi va 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. M. Gulmirzayevaga Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida, 2019 yil 7 noyabrdan 20 noyabrga qadar dastlabki qamoqda saqlangan 14 kun muddatini ozodlikdan cheklashning bir kuniga tenglashtirib hisobga olgan holda o‘tash uchun uzil-kesil 4 yil 11 oy 16 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

M. Hakimova Jinoyat kodeksining 179-moddasi, 184-moddasi 2-qismi «a» bandi va 3-qismi hamda 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar yuz bermaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1 va 3 bandlariga asosan aybsiz deb topilib, reabilitatsiya etildi hamda jinoyat ishining shu qismlari tugatildi. M. Hakimova Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a», «b» bandlari va 188-1-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 70-moddasi (shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi munosabati bilan uni jazodan ozod qilish)ga asosan jazodan ozod qilindi.

Jinoyat oqibatida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar sudlanuvchilardan solidar tartibda undirilishi hamda jinoyat ishi yuzasidan xatlangan pul mablag‘lari va mol-mulk sotuvidan tushgan pullarni proporsional tartibda jabrlanuvchilarga taqsimlash belgilandi.

Mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar bo‘yicha fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanliklari hamda sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilishning qonunda belgilangan tartibi va muddati tushuntirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring