Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avtomobil olib qochish bilan bog‘liq ish kutilmagan tus oldi

Avtomobil olib qochish bilan bog‘liq ish kutilmagan tus oldi

10-mart kuni soat 23.20 da 102 raqamiga vaqtinchalik poytaxtning Sergeli tumanida yashovchi qashqadaryolik 40 yoshli Hamza B. qo‘ng‘iroq qilib, uning «Lasetti» rusumli avtomobili olib qochilganligi haqida xabar berdi.

Voqea Hamza B. yashaydigan uy oldida ro‘y bergan. U uyiga ishdan kech soat 19.00 atrofida kelib, «Lasetti» rusumli avtomobilini uyidan taxminan 50 metr uzoqlikda qoldirgan. Taxminan soat 23.10 atrofida avtosignalizatsiya ishlab ketadi. Hamza B. pastga tushganida mashina qoldirilgan joyida yo‘q edi.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil Toshkent viloyati Zangiota tumanida topildi. Aniqlanishicha, «Lasetti» avtomobili aslida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan, Hamza B. esa uni ishonchnoma asosida boshqarib yurgan. Avtomobilning asl egasining aytishicha, Hamza mashinani keyinchalik xarid qilish sharti bilan ijaraga olgan, ammo kelishuv shartlarini bajarmaganligi sababli egasi mashinani olib ketishga qaror qilgan. 

Bu kabi tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida hamyurtlarimizdan kelishuv tuzish va uni bekor qilish vaqtida qonun doirasida harakat qilishlarini so‘raymiz, deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring