Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman». YPX inspektoriga chora ko‘riladi

«Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman». YPX inspektoriga chora ko‘riladi

Foto: videolavhadan skrinshot

2019-yilning 26-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Aybingni topmaguncha qo‘yib yubormayman yoxud zamondan ortda qolgan YPX xodimi» sarlavhasi bilan Toshkent viloyati Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori va haydovchi o‘rtasidagi muloqot jarayoni tasvirlangan videolavha tarqaldi va keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berishicha, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘rganilib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, jarayonda Parkent tumani IIB YHXB YPX inspektori serjant J.Abdurahmonov tomonidan bir qator qo‘pol kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qaror talablarini buzilgan. Hozirda unga nisbatan Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Yakuniy xulosaga ko‘ra serjantga qonun doirasida tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi IIBB axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring